kuni kecha institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini ta’minlash va “Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi hamda institut o‘rtasida imzolangan bitimning 2.1.5-bandiga asosan professor-o‘qituvchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar bilan birgalikda  intellektual mulk obyektlari borasida  seminar-trening o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri huzuridagi “Intellektual mulk markazi” ning bir guruh a’zolari tomonidan o‘tkazilgan mazkur seminar-trening va sayyor qabul barcha tadqiqotchilar uchun samarali o‘tdi