«Neft- gaz texnologiyasi» fakulteti tomonidan «USTOZ ShOGIRD»  an’analari (1-oktyabr  ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab) 1 –son TTJ da 03.10.2022 kuni  davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “Neft- gaz ishi” kafedrasi a’zolari ia tyutorlar qatnashdilar. Tadbirni ochish uchun “Neft- gaz ishi”  kafedra mudiri Q.Q.Sharipov so‘zga chiqib,  Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma'rifiy va ma'naviy salohiati ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta'lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchi va murabbiylarga bog’liq.Shu sababli mamlakatimizda o’qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta'lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy tex­nika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.O’qituvchilik azal-azaldan e'tiborli kasb hisoblanganligi haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek boshqa kafedra o‘qituvchilari ham talabalarga kerakli o‘gitlar berib, ustoz-shogirt an’analari O‘rta Osieda chuqur ildiz olganligi haqida uqtirildi.