Prezidentimizning “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturi doirasida beshinchi bor o‘tkazilayotgan kompaniyaning stipendiyalar dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


  Tanlovda yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 3 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 16 nafar talaba "Uzbekistan GTL" kompaniyasining 2023-2024 o‘quv yili uchun stipendiyasining g‘olibi bo‘ldi.


   Bunda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti,  Neft-gaz texnologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Sarvar Botirov tanlov g‘oliblaridan biri sifatida taqdirlandi. Bunday nufuzli tanlov g‘olibi bo‘lishda Sarvar Botirovga rahbarlik qilgan Dilnavoz Asadova va Ozoda Axmedovaga korxona rahbari minnatdorchilik bildirdi.