Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Neft-gaz ishi kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi Shaxnoza Tilloyeva tomonidan “Neft va gaz sanoati kimyoviy reagentlari” fanidan S118-21 NGI guruh talabalari bilan “Burgʻilash eritmasini ogʻirlashtiruvchi va yengillashtiruvchilarni hisoblash” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Ochiq darsda aqliy hujum, T-sxema, zinama-zina, klaster kabi zamonaviy, interfaol metodlar va texnologiyalardan foydalanildi.

Ochiq dars davomida barcha talabalar faol ishtirok etishdi.

Mavzuga doir koʻrgazmali materiallar talabalarga mavzuni mukammal tushunishlariga yordam berdi.