“Milliy kiyimlar – millat faxridir”
Bosh sahifa “Milliy kiyimlar – millat faxridir”
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Xotin-qizlar maslahat Kengashi tashabbusi bilan talaba qizlar ishtirokida “Milliy kiyimlar – millat faxridir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida institut xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi Nasiba Baxriddinova so‘zga chiqib, milliy liboslar qadimdan o‘zbek xalqining faxri, g‘ururi bo‘lganligi, atlas-adraslardagi kamalak naqshi jilolari barchani hayratga solishini ta’kidladi.