Hammamizga maʼlumki Respublikamiz rivojida ishlab chiqarish korxonalari ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Soʼnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va yangi ish oʼrinlarini yaratish boʼyicha bir nechta qaror va farmonlar qabul qilindi.
Hozirgi kunda dunyo va respublika olimlari tomonidan yangi energoresurstejamkor texnologiyalarni yaratish, mavjud texnologiyalarni energiyasini kamaytirish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.


Аmalga oshirilayotgan ishlarni amaliy natijalari yoritish maqsadida bugun Buxoro muhandislik texnologiya instituti “Oziq-ovqat va kimyo sanoati mashina va jihozlari” kafedrasi 20 dan ortiq xorijiy va respublikadagi hamkor OTM hamda ITM bilan birgalikda “Sanoat injiniringida innovatsion yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʼtkazdi.

Ushbu konferensiya 6 shoʼbada tashkil etilgan boʼlib, 300 dan ortiq ilmiy tezislar kelib tushgan. Qolaversa ushbu konferentsiyada 50 dan ortiq yuqori saviyali xorijiy olimlarni ishtiroki ham oʼtkazilgan konferensiyani nufuzini yanada koʼtaradi.
Ushbu konferentsiyalarni oʼtkazishdan asosiy maqsad yurtimizda va xorijda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari va ularni yutuqlari haqida maʼlumotlarga ega boʼlishdir.

Qolaversa, ushbu konferentsiya natijasida olimlarimizning ilmiy tadqiqot natijalarini xalqaro miqyosida eʼlon qilish imkoniyati yaratildi.