Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan talabalar olimpiadasi tashkil etilmoqda.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 16-noyabrdagi 

F-72-son farmoyishiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning asosiy prinsip va qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida institut talabalari o‘rtasida olimpiada tashkil etildi.

 Olimpiada joriy yilning 4-dekabr kuni institutning Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ishtirok etgan yuqori ball olgan  talabalar ikkinchi bosqichga chiqishdi. Ikkinchi bosqichda talabalarning bilimlari savol-javob  tarzida baholandi. Natijalar tez orada e’lon qilinadi.