Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Rossiya ilmiy va muhandislik jamoat birlashmalari ittifoqi Krasnoyarsk fan va texnikalar uyi  o’rtasida o’qituvchi-proffessorlarning ilmiy faoliyatiga qulaylik yaratish, Scopus, Web of Science, DOAJ, Google Scholar, CrossRef iqtibos va tahliliy ma’lumotlar bazalarida, xorijiy nashrlarda konferensiya materiallarini chop etish maqsadida  hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

-Bugungi kunda yurtboshimiz sa’y-harakati bilan yurtimizda ilm-fanga munosabat tubdan oʻzgardi. Taʼlim sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarga keng yoʻl ochildi. Xorijiy investitsiyalar jalb etilib, ishlab chiqarish korxonalari qurilmoqda. Bizning vazifamiz sifatli taʼlim xizmatlari koʻrsatish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Ushbu hamkorlik pedagog xodimlar uchun yangicha mezondagi ilmiy yo’nalishlarga yo’l ochib beradi deb o’ylayman.