Maktablarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti TJBAKT kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.U. Usmonov, B.T.Ergashev va G.B. Ergashovalar 2023 yil 19 may kuni ikkinchi va ellik to‘qqizinchi sonli o‘rta maktablarda maktab bitiruvchilarni “Kasbga yo‘naltirish” bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdilar

Tadbirni maktab direktori Shaxobjon Tursunov bitiruvchi o‘quvchilarni Buxoro muhandislik-texnologiya institutidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilari bilan tanishtirib, institutdagi 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul qilinadigan yo‘nalishlar to‘g‘risida targ‘ibot va tashviqot ishlari bo‘yicha kelganlarini aytib, so‘zni Bux MTIning “TJBAKT” kafedrasi mudiri A.U. Usmonovga berdilar. U kishi yangi o‘quv yilida institutga qabul qilinadigan bakalavriat yo‘nalishlari, institut Xalqaro aloqalari, ilmiy ishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

So‘ngra B.T.Ergashev o‘tkazilgan tadbirning mohiyatini tushuntirdi va maktabning bitiruvchi o‘quvchilari orasida o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga o‘qishga hujjat topshirishlari uchun tashviqot va targ‘ibot ishlarini o‘tkazdi.

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi o‘quv yilida mavjud yo‘nalishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi. Tadbir qatnashchilariga institut to‘g‘risidagi videorolik va slaydlar namoyish etildi.

Ushbu masala yuzasidan maktab direktori Sh. Tursunov so‘zga chiqib, bitiruvchi o‘quvchilarni imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlarini tilab, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha izlanishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi