Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “TJBT” fakulteti «Menejment» kafedrasi katta o’qituvchilari Usmanova N.Yu. va Primova A.A. tomonlaridan 3.11.2022 yil “Amaliy mashg’ulot darslarida masalalar yechish va topshiriqlarni bajarish metodikasi” mavzusida kafedra yosh pedagog xodimlariga amaliy mashg’ulot darslarida masalalar yechish va topshiriqlarni bajarish yo’llarini o’rgatish, topshiriqlarni bajarishda yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish va darsni to’g’ri taqsimlash bo’yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsi “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi Usmanova Nasiba Yunusovna tomonidan amaliy darslarda masalalar yechish yo’llarini tushuntirish bilan boshlandi. O’qituvchi tomonidan darsda talabalarga iqtisodiy masalalarni yechishlari va bu bo’yicha o’qituvchilarning qanday nazorat olib borishlari haqida maslahatlar berildi, amaliy darsning borishi (texnologik xarita) bo’yicha ma’lumotlar berildi va o’qituvchilarga tarqatma materiallar tarqatildi.
So‘ngra kafedra o‘qituvchisi Primova Azima Azizovna tomonidan amaliy mashg’ulot darsida topshiriqlarni bajarishda turli xil pedagogik texnologiyalardan unumli va to’g’ri foydalanish bo’yicha maslahatlar berildi va o’qituvchilarga tarqatma materiallar tarqatildi.
Kafedra pedagog xodimlarini qiziqtirgan savollariga mahorat darsini tashkil etgan o’qituvchilar tomonidan javoblar berildi. Mahorat darsi yakunida “Menejment” kafedrasi mudiri Zayavitdinova Nafisa Muxamedovna so’zga chiqib, bu kabi mahorat darslari ta’limning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o’tdi.