MAGISTRLARNING ILMIY FAOLIYAT YUTUQLARI SARI ILK PARVOZLARI

 

Joriy 2023 yilning 20 iyun' kuni Buxoro muhandislik -texnologiya instituti “Menejment”kKafedrasi magistrantlarining O’quv rejasida belgilangan barcha fanlardan nazorat turlarini muvaffaqiyatli topshirgan, "Magistratura" bo’limining bitiruvchi kurs magistrlariga institut rektorining 30.12. 2021 yildagi 1460 - T buyrug’i, 15.01.2022 yilgi 25-U buyrug’i, 20.10.2022 tildagi 914-T buyrug’i bilan tasdiqlangan mavzudagi Magistrlik dissertatsiya ishlarining himoyasi tashkil etildi.

Magistrlik dissertatsiya ishlarining himoyasini DAK raisi, BDU “Marketing va menejment” kafedrasi professori, i.f.d. Navro’z-zoda Baxtiyor Negmatovich kirish so’zi bilan ochib berdi.

Bitiruvchi magistrlar mamlakatimizning hozirgi ijtimoiy -iqtisodiy zamonaviy tendensiyalari va yondashuvlarini hisobga olgan holda ilmiy mavzularini yuqori saviyada himoya qilishdi. Bitiruvchi magistrlar DAK a’zolari tarkibidagi BMTI “Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari” fakulteti dekani dots. Xayitov Sh.N., “Menejment” kafedrasi mudiri dots. Zayavitdinova N.M., oflayn hamda ZOOM orqali ilmiy rahbarlar tomonidan berilgan savollarga ijobiy javob berishdi va ilmiy- amaliy asoslangan takliflar berishdi. Dak tarkibida kotibalikni Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi Musayeva J.K. yuqori darajada tashkil etdi va tegishli hujjatlarni qayd qilib bordi. Kelajakda magistrlarimizga ilmiy faoliyatlariga omad tilab, jamiyatimizning yanada taraqqiy etishida o’z hissalarini qo’shishlsriga ishonch bildiramiz!