OZIQ-OVQAT SANOATINING  EKOLOGIYA OBYEKTLARIGA TA’SIRI

 

Kurbanov Mirshod Tashpulatovich

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro, O’zbekiston.

E-mail: mkurbanov1974@gmail.com

 

Аннотация. Maqolada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning atrof-muhitga salbiy ta'siri va bu muammoni hal qilish yo‘llari keng ochib berilgan. Shuningdek, oziq-ovqat  sanoati rivojlanishi natijasida shakllangan noto‘g‘ri ovqatlanish odatlari sivilizatsiya kasalliklari deb ataladigan patologik jarayonlarni keltirib chiqaradigan qo‘shimcha omil ekannligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

 Kalit so‘zlar: oziq-ovqat mahsulotlari, ifloslantiruvchi moddalar, xavfsizlik,

 atrof-muhit. 

            Sog‘lom ovqatlanishga qaytish – sivilizatsiya rivojlanishi, ifloslanish va atrof-muhitning buzilishi paytida inson organizmidagi yo‘qolgan biologik muvozanatni me’yorlashtirishga qaratilgan. Oziq-ovqat  sanoati rivojlanishi natijasida shakllangan noto‘g‘ri ovqatlanish odatlari sivilizatsiya kasalliklari deb ataladigan patologik jarayonlarni keltirib chiqaradigan qo‘shimcha omil hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, maktabdagi yoshlarning deyarli yarmi shifokor nazoratiga muhtoj. Jamiyatning katta yoshdagi guruhlarida ham xuddi shunday.            Tabiatga murojaat qilish ratsional ovqatlanish tamoyillaridan voz kechishni taqozo qilmaydi. Bunga sabab infeksiyalarga qarshi himoya mexanizmi bakteriyalar, mikrotoksinlar, nitrozinlar, oltingugurt va azot dioksidlari, ftor, qadmiy, qo‘rg‘oshin va boshqa zaharli birikmalar bilan zaharlanishdan  himoyalanishdan iboratdir. Insonning asossiz faoliyati tabiatdagi elementlar biologik muvozanatining  buzilishiga olib keladi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan ajralib chiqadigan xavfli moddalar miqdori ruxsat etilgan xavfsizlik me'yorlaridan ko‘p marta oshdi va shu sababli tuproq, suv va havo ularni zararsizlantirish uchun yetarli kuchga ega bo‘lmay qoldi.[1,2]

            Hozirgi paytda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarining salmog‘ining oshishiisrofgarchilik va pala-partish ovqatlanish tarziga qarshi kurashish zarurati kuchaymoqda. Odamlar to‘g‘ri ovqatlana olmaslikdan azob chekmoqdalar. Yiliga 1,3 millard tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindi sifatida tashlab yuborilayotgan hozirgi murakkab bir davrda dunoyda har soniyada 1 ta odam ochlikdan o‘lmoqda. Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarida oziq-ovqat mahsulotlarining 20 foizi, boshoqli don mahsulotlarining 30 foizi,  poliz ekinlari  va mevalarning  45 foizi yig’im-terim vaqtida  dalada nobud bo’ladi (chiriydi, tokiladi, yoriladi, pachoq bo’ladi va hokazo).  Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dunoy axlatxonasining 21 foizini oziq-ovqat mahsulotlari chiqindisi tashkil qiladi. Dunoy bo‘yicha yiliga yoqotilgan va nobud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari  2,6 trilion AQSh  dollarini tashkil qilib, u 815 million odamni to’yg’ashishga etardi. Nosog‘lom odatlar, yomon urf-odatlar va noto‘g‘ri ovqatlanishlar natijasi bo‘lgan ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda [1,2,3].

            Oziq-ovqat mahsulotining sifatini yaxshilash va sog‘lom ovqatlanish ko’nikmasini shakllantirish kompleks javobni talab qiladi. Aholining to‘g‘ri ovqatlanishiga g‘amxo‘rlik qilishda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, savdo, transport, omborxona, umumiy ovqatlanish shahobchalari, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash sohalarining o‘zaro hamkorligi yaxshi samara beradi. Oziq-ovqat xavfsizligi har qanday ifloslantiruvchi moddalarning tartibga solinadigan darajasini belgilashi va ularga rioya qilish bilan kafolatlanadi.            Yaqin-yaqingacha faqat sifatsiz oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarish  uchun cheklovlar joriy qilingan edi, ammo ular tayyorlanadigan xom ashyoga nisbatan bu cheklovlar qo‘llanilmagan. Oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotining tabiiy moddalar bilan to‘yinganligi, tozaligi va ifloslanish darajasini monitoring qilish yoki doimiy kuzatish tizimi normativ-uslubiy bazani yaratishni, yuqori malakali mutaxassis-tahlilchilarni tayyorlashni taqozo etadi. Buning uchun ekinlar etishtiradigan  tuprogning biologik tozaligi, o’g’itlar va sug‘oriladigan suvning tozaligi, ekin urug‘lari genomi o‘zgartirilmaganligi, preperatlarning meyorda ishlatilishi monitoring qilinishi uchun  yuqori malakali ekolog mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etadi.            Mahsulot birligiga sarflanadigan  suv sarfi bo‘yicha oziq-ovqat sanoati xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga nisbatan birinchi o‘rinni egallaydi.  Masalan, 1kg go’sht ishlab chiqarish uchun 15 tonna suv, 1 litr sut ishlab chiqrish uchun 1 tonna suv  sarflanadi[4].  Korxonada oqova  suvning ko‘p ishlab chiqarilishi  atrof-muhitga katta xavf  tug‘dirishi mumkin. Oqova suvning suv havzalariga quyilishi kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshirib yuboradi, bu esa ushbu suv havzalaridan oziqlanadigan suvda hayot kechiradigan organizmlarning zaharlanishiga olib keladi.            Bu muammoni tubdan hal qilish – drenajsiz ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni talab etadi. Bu yo‘nalish korxonalarning suv xo‘jaligini berk sistemasidan to’liq foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.      Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan atmosferaga  chiqariladigan eng zararli moddalar bu organik  va anorganik chang, karbonat angidrid, uglevodorodlar, yoqilg‘ining yonishi   natijasida hosil bo‘ladigan bug‘ va gazlardir. Natijada qayta ishlash korxonalari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish muammosi kelib chiqadi.            Bugungi kunda, emissiyaning asosiy qismi gazsimon moddalardir: yiliga 47,526 t emmissiya gazlari atmosfera havosiga tarqaladi. Ularning eng katta miqdori etil spirti bug’lari , suv bug‘lari, karbonat monooksidi, azot dioksidi, atsetaldegid, freon gazlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Boshqa mahsulotlar chiqindisidan ko‘ra  oziq-ovqat mahsulotlari chiqindisining chirishi  jarayonida 28 marta ko’p  metan va karbonat angidrid gazi hosil bo’ladi[3,4].       Ishlab chiqarishni ekologik jihatdan yaxshilash atrof-muhitning iste'mol qilinadigan resurslarini tejash va unda joylashtirilgan chiqindilar massasini kamaytirishni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, hozirgi paytda kam foydalaniladigan chiqindilar guruhiga quyidagilar kiradi: sut sanoatida  sut mahsulotlarining 18 % i oqova tizimiga oqiziladi, bularga sut zardobi 4-5% ni, pishloq, tvorog  qoldiqlari va qaymoq 0,4-0,5% ni tashkil qiladi. Go’sht sanoatida parranda, qo‘y va qora mol qoni, terisi, suyagi, junlari va  parranda pati;  shakar sanoatida filtrlangan cho’kma  (defekat); spirt ishlab-chiqarish tarmog’ida xamirturushdan va spirtlanishdan keyingi chiqindi qolqiq (barda); kraxmal ishlab chiqarishda kartoshka sharbati; tamaki changi, choy changi, shuningdek spirt va pivo sanoatida bichg‘ish natijasida va ikkilamchi bichg‘ishdagi karbonat angidrid  gazi shular jumlasidandir.       Oziq-ovqat sanoati korxonalari  chiqindilarni  kompleks qayta ishlash tizimini yartish kerak. Bunda nol qiymatli chindidan mahsulotlar katta foyda beradi. Sut sanoati chiqindisi – sut zardobi; bug‘doy kurtagi, go‘sht sanoati chiqindisi – qora mol qoni, past sifatli yog‘i, uzumchilik - meva sharbati sanoati chiqindisi – siqilgan meva qoldiqlari va danaklari chorva va  parrandachilik uchun omuxta yemga ratsional texnologiyalar vositasida qayta ishlab qo‘shilganda yemning ozuqaviy qiymati oshadi, hamda omuxta yem tannarxini anchagina arzon bo‘lishiga imkon yaratadi.     Garbiy Evropa mamlakatlarida ekologik toza mahsulotlar bozori aholining ta‘minlangan qismiga yo‘naltirilgan, ammo ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni faqat ularga qaratish to‘g‘ri emasligi ta’kidlanadi.  Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun davlat tomonidan dodatsiyalar, subsidiya va  grantlar ajratilishi kerak.       O‘smirlar va yosh chaqaloqlar  uchun ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini hamda tibbiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni  yo‘lga qo‘yish davr talabi bo‘lib qoldi.       Oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida  chiqqindilardan samarali foydalanish usullarini yaratish maqsadga muvofiqir.       Ekologik toza  mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatida tayyor mahsulotlarni inovatsion xavfsiz   yangi qadoqlarini  yaratish ham dolzarb muammo bo’lib qolmoqda.     Chiqindilardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish chiziqli (lineynaya) iqtisoddan aylanma(sirkulyarniy) iqtisodga o‘tish formulasining asosini belgilaydi.

Foydalanilganadabiyotlar.

1. Лоуган  П. «Окружающая среда профессиональная занятость и здоровье»,

 «О вас и вашем теле: Книга о женщинах и для женщин»: Пер. с англ.- М.: Издательская группа «Прогресс» «Универс», 1995.-592 с.

2. Чижевский А.Е. «Я познаю мир» : Экология: Энциклопедия.- Москва:  Астрель, 

2004. - 410 с. 

3.  Хранение и переработка сельхозсырья. Научно-теоретический журнал. Storage and Processing of Products. 3.20154.  Тренинг для тренеров «Управление отходами и побочными продуктами в мясной и молочной отраслях» 2-4 декабря 2021, г.Ташкент