“Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchi-stajoriYodgorova Zarnigor Yahyo qizi tomonidan 2022 yil 29 noyabr kuni  712-22 IQT guruhi talabalariga “Kreativ fikrlash” fanidan “Jamoaga xizmat ko’rsatish ehtiyojlari.Shaxsiy ehtiyojlar” mavzusida sinov darsi o‘tkazildi. Sinov darsi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etildi. Talabalar mustaqil ravishda tayyorlagan taqdimotlarini tushuntirib berishdi va talabalarni faolligini oshirish maqsadida “Blits so’rov”, “aqliy hujum” va “xotira mashqi”, “shlyapa”  metodlaridan foydalanildi. 

 “Kichik guruhlarda ishlash” metodini qo‘llab ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha talabalarni mavzuga jalb eta oldi va baholay oldi hamda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ldi.  “Aqliy hujum” metodidan foydalanganda talabalarning barchasini faollashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi, shu jumladan talabalarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllantirdi. Ta’lim beruvchi talabalarga “shlyapa” metodi orqali ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirishni va ular o‘rtasidagi aloqalarni topishni o‘rgatdi.

            Dars oxirida faol qatnashgan  talabalar kitob bilan taqdirlandi.