KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI

      Bugun, Institutimiz  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i K.N.Abdullaev va bosh mutaxassis SH.M.Zayniev tomonidan “Korrupsiyasiz soha” loyhasi doirasida “KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida institut tyutorlari bilan profilaktik tadbir  tashkil etildi.

       Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i K.N.Abdullaev so‘zga chiqib, institut tyutorlariga  korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari va bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

      SHuningdek, tadbirda jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish kerakligi, buning uchun jamiyatimizning har bir a’zosi mas’ul bo‘lishi unga qarshi kurashda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog‘imiz lozimligi ta’kidlab o‘tildi. 

     Tadbir davomida tyutorlarni  qiziqtirgan savollariga javoblar berildi