Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 9 fevral - Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan 

Navoiy vasli” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi.

   Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar, gʻazal va ruboiylar, sahna koʻrinishlari hamda Navoiy gʻazalidan qoʻshiqlar kuylandi.

   Instituti rektori Sadoqat Siddiqova so’zga chiqib, A.Navoiy sheʼridan misralar keltirdi va uni sharhladi. 

Tadbirda Alisher Navoiy nafaqat O‘zbek adabiyoti, qolaversa, Turkiy dunyo va jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan benazir hissasi haqida aytib o‘tildi.
   Tadbir yakunida  faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.