Bugungi kunda global axborot maydonida kibermakon bilan bog‘liq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Shu bois virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda.

   Buxoro muhandislik – texnologiya institutining  “To‘qimachilik va charm sanoat” fakulteti “Сharm buyumlari texnologiyasi va dizayni” kafedrasida professor-o‘qituvchilar va talabalar  ishtirokida “Kiber-jinoyatlar - yangi zamon, yangi muammo” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi.

  Tadbir doirasida Buxoro muhandislik – texnologiya instituti profilaktika inspertori kapitan Umid Bo‘riyev hamda axborot xavfsizligiga mas‘ul xodim Xurshid Jahonov bugungi kunda axborot kommunikatsiya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, internet tarmoqlari ma‘lumotlarini qabul qilishda va uyali aloqadan foydalanishda yuzaga kelayotgan firibgarliklar va xavf solayotgan omillardan ehtiyot bo‘lish kerakligini ta’kidlashdi.