E ‘ L O N !
Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga 2022-2023 o’quv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi ta’lim shakliga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish uchun hujjatlarini topshirish jarayoni 2022 yil 17 sentyabr shanba kuni, soat 11:00 ga qadar 2-o’quv laboratoriya binosi 5-qavat 524-xonada amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan talabgorlarning hujjatlari o’rganilib, suhbat komissiyasiga taqdim etilishi lozim.
Besh yil ish stajiga va tavsiyanomaga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi ta’lim shakliga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish uchun suhbat 22-sentabr kuni soat 15:00 da institutning 2 – o‘quv binosi 101, 102, 103 auditoriyalarida bo‘lib o‘tadi!
Izoh: Talabgorlardan o’zining yig’ma jildini ko’rsatilgan barcha hujjatlari bilan to’liq rasmiylashtirib olib kelishlari so’raladi.
Talabgorlar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni
TAQDIM ETADILAR:
1. Ta’lim yo’nalishi, o’quv tili, shakli ko’rsatilgan holdagi ariza;
2. Umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;
3. Pasport (pasport nusxasi 4 dona) va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi (Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko’rsatiladi).
4. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 12 dona rangli fotosurat;
5. Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma.
6. Abiturientning ishlab turgan joyi bo’ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo’jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;
7. Tavsiyanomaga ega bo’lgan abiturientning ishlab turgan joyi bo’y sunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xujalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o’qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4,5 yil) uchun to’lov shartnoma mablag’larini o’z vaqtida to’lab berish bo’yicha kafolat xati.