Tadbirni kirish so’zi bilan “TJBT" fakulьteti "Yoshlar bilan ishlash” bo’yicha dekan o’rinbosari J.J.SHodiev ochib berib, mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlar, shu jumladan,  yoshlarimizning kelajakda yaxshi mutaxassis bo’lib etishib, jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlari uchun juda ko’p sa’y harakatlar amalga oshirilayotganligi to’g’risida fikr yuritdi. 

Kun tartibidagi masala bo’yicha “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri doc., i.f.n. A.CH.Boboev so’zga chiqib, jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformaciya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so’zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda  qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-sonli Farmoni qabul qilinib, ushbu farmonga muvofiq barcha sohalarni isloh qilish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari o’z ifodasini topayotganligini ta’kidlab o’tdi.

 Kun tartibidagi masala bo’yicha “Iqtisodiyot” kafedrasi docenti G.D.Xasanova va kafedra katta o’qituvchi N.N.Rasulovalar so’zga chiqishib, “SHogirdlar yutug’i – ustozlar bayrami” mavzusida prezentaciya qilishdi.

SHunday ekan, bizning faxrlarimiz bo’lgan 708-18 ICHT guruhi talabalari: Yusupov Yusuf (ilmiy rahbar doc.G.D.Xasanova), Xudayarova Mehrangiz (ilmiy rahbar Rasulova N.N.) kabi iqtidorli talabalarning Islom Karimov stipendianti bo’lganliklarini g’urur bilan ta’kidlashdi.  

SHundan so’ng so’zga, M 25-22 IQT guruhi magistranti Yusupov Yusuf chiqib, institutda bakalavriat yo’nalishida o’qib yurgan paytlarida ustozlari yordamida erishgan yutuqlari, Islom Karimov stipendianti sohibi darajasiga erishish uchun talabalar nima ishlarni bajarishlari kerakligi to’g’risida slaydlar tayyorlab, namoyish etdi va birma-bir tushuntirib berdi.

Kun tartibidagi masala bo’yicha “Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchi stajyorlari Yodgorova Z.Ya. va Muhitdinova N.I. lar so’zga chiqishib, “Faxrimiz – Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida slayd orqali taqdimot qilishdi. 

Kun tartibidagi masala bo’yicha “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o’qituvchilari SH.A.Raxmatov, F.Z.Toshev, A.I.Sulaymonovlar so’zga chiqishib, “Bizning III RENESSANS  davr asoschilarimiz – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiati sovrindorlari” mavzusida slayd orqali taqdimot qilishdi. Bunda ular Buxoro muhandislik-texnologiya institutida tahsil olish bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiati sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g’oliblari darajasiga erishgan talabalar to’g’risida fikr yuritishdi.

Tadbirda kafedra docenti B.F.Azimov, katta o’qituvchi Z.Q.Jumaevalar ham so’zga chiqib, o’z fikrlarini bildirdilar. 

SHundan so’ng, Vatan tuyg’usini ta’riflovchi she’rlar, izhorlar va videoroliklar namoyishlari tashkil etildi. Bunda talabalar o’zlari bilgan she’rlarini yoddan aytib berishdi.

SHundan so’ng, tadbirda faol ishtirok etgan barcha talabalar “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Tadbirning yutuqlari: Talabalar bugungi kunda Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashab, ilm cho’qqisini egallashlari uchun ularga hukumatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilganligi, ular iqtidorli talabalarning barcha yaxshi, maqtovga sazovor bo’lgan ishlaridan ibrat olib, yaxshi o’qib, o’z ustlarida ishlashlari, vaqtlarini bekor sarflashga yo’q qo’ymasliklari kerakligini yana bir karra anglab etishishdi. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. 

 

“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri      doc.A.CH.Boboev