INTERFAOL USULLAR – AMALDA 

“Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi o`qituvchisi Ergasheva Marziya Ramazonovna tomonidan 2022 yil 18 noyabr’ kuni  302 - 21 YeST(tb) guruhi talabalariga “Amaliy antropologiya asoslari” fanidan “Odam bo‘yi o‘lchoviga asosan variatsion qator tuzish va kattaliklarini hisoblash” mavzusida ochiq dars o`tkazildi. 

Ochiq dars yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etildi. Mavzu slaydlar taqdimoti orqali talabalarga tushuntirildi va talabalarni faolligini oshirish maqsadida “aqliy hujum”, “klaster” va “kichik guruhlarda ishlash” metodlaridan foydalanildi. 

 “Kichik guruhlarda ishlash” metodini qo`llab ta`lim beruvchi bir vaqtning o`zida barcha talabalarni mavzuga jalb etib, baholay oldi hamda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo`ldi. 

“Aqliy hujum” metodidan foydalanganda talabalarning barchasini faollashtirish imkoniyatiga ega bo`ldi, shu jumladan talabalarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllantirdi. 

“TSIT” kafedrasi o`qituvchisi Ergasheva Marziya Ramazonovna tomonidan talabalarga “klaster” metodi orqali ilgari surilgan ғoyalarni umumlashtirishni va ular o`rtasidagi aloqalarni topishni o`rgatdi.

"TSIT" kafedrasi mudiri             dots. Samiyeva Sh.H.