Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o'qituvchisi Mustaqim Jumayev Xalqaro fanlar va sanʼat akademiyasi jamoat tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi.

   Ushbu tashkilot a'zolari yer yuzidagi hayotni saqlash va yaxshilash, insoniyat farovonligi uchun bepul ilmiy tadqiqotlar o'tkazib kelayotgan, xalqlarning ma'naviy tiklanishi va  rivojlanishini ta'minlashda fidoiylik ko'rsatib kelayotgan davlat amaldorlari, olimlar, siyosatchilar, madaniyat va san’at namoyandalari, sanoatchilar, shifokorlar, o'qituvchilardan iborat.