Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'dir!

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir. Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kafedrada an’anaga aylangan.

Shu maqsadda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “TJBT” fakulteti dekani SH.N. Xayitov, “Menejment” kafedrasi mudiri dots. Zayavitdinova N.M. va kafedra professor-o’qituvchilari N.Yu.Usmanova, Po’lotov Sh.Sh. kafedrada oldin faoliyat yuritgan faxriy ustoz, iqtisod fanlari doktori, professor Xaitov Sayfullo Safarovichni «9 may – Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan faxriy ustoz holidan xabar olindi, ularning hayot yo'llaridagi voqealar yodga olinib, ustozning  duolarini olishdi.