Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir. Shu maqsadda 2024-yil mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. 
Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy – ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

  Shu munosabat bilan “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi assistenti Nigora Sharapova o‘z bilimlarini kelajak avlodning kompyuter savodxonligini oshirish, ularni jamiyatga munosib kadrlar qilib tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

   Bugun institutda tashkil etilgan “DASTURCHI” o‘quv markazida “Kompyuter savodxonligi va AT” kurslarini   muvaffaqiyatli  tugatgan  talabalarga prorektor Doniyor Gafurov tomonidan sertifikat topshirildi.