Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev Buxoro muhandislik-texnologiya institutida  bo’lib, oliygoh shart-sharoitlari bilan tanishib chiqdi.

 Institut rektori Sadoqat Siddiqova tomonidan institut tarixi, bugungi kundagi faoliyati, taʼlim tizimi, mavjud yoʻnalishlar, boshqa mavjud qulayliklar, dargohda taʼlim berayotgan pedagoglar salohiyati xususida keng maʼlumotlar berildi.

  So’ngra Sharof Rajabbayev institutdagi professor-o’qituvchilarning ilmiy loyihalari bilan tanishib chiqdi. Xususan mehmonlar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti dotsenti Shaxnoz Samiyeva tomonidan yaratilgan dizayn va amaliy san'at soxasini rivojlantirish texnologiyasiga  qiziqib, ushbu loyiha amaliy san'at, dizayn, hunarmandchilikning boshqa sohalarini rivojlantirish,  “Temir” va “Ayollar” daftariga kirgan ayollar, qizlar uchun ko‘chma kurslarni tashkil etish hamda ish o‘rinlarini yaratish va ish bilan ta'minlash, ichki bozor va aholi ehtiyojini qondirishda katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.