ILMGA BAG’ISHLANGAN UMR
USTOZ ASTANOV SOLIH HUSENOVICH 78- YOSHDA
Buxoro muxandislik-texnologiya institutining “Fizika” kafedrasida ko’p yillar davomida fidoyi mehnat qilib kelayotgan o‘zining butun umrini ilm-fan, maʼrifat va yurt kelajagi hamda el ravnaqi uchun baxshida etgan haqiqiy inson, Buxoroning asl farzandi, fizika -matematika fanlari doktori, professor Astanov Solih Husenovich bugun 78 yoshni qarshi oldilar. Shu munosabat bilan “Energetika” fakulteti professor- o’qituvchilari tomonidan “Ustoz sizga ehtirom” mavzusida badiiy-tadbir tashkil qilindi.
Ustoz ilm fanga kirib kelishidanoq yangiliklar yaratib, fan texnika olamining tubsiz imkoniyatlarini jamiyatimizga tadbiq etish, mamlakatimiz ishlab chiqarish sohasidagi innovatsion loyihalarni o‘z qarashlari va aniq ilmiy mulohazalari bilan boyitish borasida yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan ilm fidoyisi.
Insonning umri uning tomonidan amalga oshirilgan ezgu ishlari, qoldirgan ilmiy merosi, tayyorlagan shogirdlari va u yashagan jamiyatning bergan bahosi bilan o‘lchanishi shubhasiz. UstozAstanov S.H. ilm fanga kirib kelishidanoq yangiliklar yaratib, fan texnika olamining tubsiz imkoniyatlarini jamiyatimizga tadbiq etish, mamlakatimiz ishlab chiqarish sohasidagi innovatsion loyihalarni o‘z qarashlari va aniq ilmiy mulohazalari bilan boyitish borasida yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan ilm fidoyisi.