O'zbekiston_Xitoy_ta'lim_forumi
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti delegatsiyasi xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Ushbu safar davomida institut rektori Sadoqat Siddiqova Luoyang Normal Universiteti rektori
Qu Hong Tao bilan hamkorlik qilish va uning yo’nalishlari doirasida muhokama olib bordi.
Muloqot davomida Xitoy oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan islohotlarni mamlakatimizda tatbiq etish, oliygohlar o‘rtasida turli loyihalarni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi. Shuningdek, istiqbolli vazifalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.