Germaniyaning GIZ (Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit) tashkiloti tomonidan “O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi amalga oshirildi. Loyihaning yakuniy konferensiyasi esa Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

  Ushbu loyihada oliy taʼlimda dual ta'lim shaklidagi innovatsion bakalavr dasturlarini muvofiqlashtirib sinovdan oʻtkazayotgan va shu orqali loyiha natijalarini ommalashtirishga katta hissa qoʻshayotgan institut rektori Sadoqat Siddiqova hamda institutning mas'ul xodimlari ishtirok etdi.