Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlikda “Germaniya tajribasi asosida dual ta’limni tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Bosh sahifa Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlikda “Germaniya tajribasi asosida dual ta’limni tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlikda “Germaniya tajribasi asosida dual ta’limni tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro forumda institut rektori Sadoqat Siddiqova, GOPA jamoasi rahbari, doktor Juergen Weiis, GOPA loyihasi direktori Wolfgang Hellwig, Xalqaro ta'lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha GOPA eksperti, doktor Bianca Jaenecke, institut dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi.
Institut rektori Sadoqat Siddiqova:
-Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilangani bejiz emas. Chunki mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan chambarchas bog‘liq. Bugun yurtimizda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ertamiz vorislari bo‘lgan yoshlarga sifatli bilim berish, ularni har tomonlama yetuk inson etib voyaga yetkazish yo‘lida ulkan ishlar bajarilmoqda.
Oliy ta’lim tizimi ham so‘nggi yillarda jahon standartlariga mos kadrlar tayyorlash uchun tariximizga nazar solib, buyuk mutafakkir va allomalarimiz tajribasini yangi avlodga o‘rgatib kelmoqda. Shunday tajribalardan biri ustoz-shogird an’analarini qadriyat darajasiga ko‘tarish, uni dual ta’limda qo‘llash jarayonidir. Aslida biz uchun bugungi kunda “yangicha” deb qabul qilinayotgan dual ta’lim tarixi XIV asrlarga borib taqaladi hamda ustoz-shogird munosabatlari asrlar davomida ajdodlarimiz namunasida bizgacha yetib kelmoqda.