Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri professor Sadriddin Fozilov va kafedra dotsenti Saidjon G‘aybullayev Belorusiyaning Y.Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universitetiga tashrif buyurdi.

 Tashrif davomida Y.Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universitetida Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi bo'yicha malaka oshirildi.

 Mazkur universitetning neft va gazni qayta ishlash ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida institutimizning Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi kafedrasida dizel yoqilg‘ilarining moylovchanlik xossalarini yaxshilash maqsadida sintez qilingan yangi turdagi prisadkalarni yoqilg‘ining ekspluatatsion xossalariga ta’sirini tadqiq qilishdi.

Shuningdek xalqaro grantlar ustida ishlash bo‘yicha hamkorlk yo‘lga qo‘yildi.