FAVQULODDA VAZIYaTLARDA AHOLI VA HUDUDLARNI MUHOFAZALASh – DAVR TALABI

Mamlakatimizda so‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi qabul qilingan. 

Ushbu strategiyaning yettinchi yo‘nalishi O‘zbekiston xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, 92-maqsadini, ya’ni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi dotsenti Tursunova Nargiza Nigmatovna boshchiligida institutning 410-22 MTX va 412 -22 MTX guruhi talabalari bilan 2023 yilning 16 iyun kuni Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boshqarmasi aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markaziga ekskursiya tashkil qilindi.

Ekskursiya davomida tadbir ishtirokchilariga favqulodda vaziyatlarning turlari haqida ma’lumot, aholi va xududlarni muhandislik muhofazalash bo‘yicha tavsiyalar berildi, aholini favqulodda vaziyatlarning shikastlovchi omillaridan muhofaza qilish muammolari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning kuch va vositalari namoyish etildi, maxsus texnik vositalar va uskunalar, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholi hatti-harakatlari amalda bajarilib ko‘rsatildi, favqulodda vaziyatlar ta’sirida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalari berildi.

O‘tkazilgan tadbir talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi va o‘z kasblariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” 

kafedrasi dotsenti Tursunova Nargiza Nigmatovna

FAVQULODDA VAZIYaTLARDA AHOLI VA HUDUDLARNI MUHOFAZALASh – DAVR TALABI

Mamlakatimizda so‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi qabul qilingan. 

Ushbu strategiyaning yettinchi yo‘nalishi O‘zbekiston xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, 92-maqsadini, ya’ni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi dotsenti Tursunova Nargiza Nigmatovna boshchiligida institutning 410-22 MTX va 412 -22 MTX guruhi talabalari bilan 2023 yilning 16 iyun kuni Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boshqarmasi aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markaziga ekskursiya tashkil qilindi.

Ekskursiya davomida tadbir ishtirokchilariga favqulodda vaziyatlarning turlari haqida ma’lumot, aholi va xududlarni muhandislik muhofazalash o‘yicha tavsiyalar berildi, aholini favqulodda vaziyatlarning shikastlovchi omillaridan muhofaza qilish muammolari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning kuch va vositalari namoyish etildi, maxsus texnik vositalar va uskunalar, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholi hatti-harakatlari amalda bajarilib ko‘rsatildi, favqulodda vaziyatlar ta’sirida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalari berildi.