FAN,TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI - SIFATLI INTERFAOL DARS ASOSI
2023 yil 12 may kuni I juftlikda institutning 2-k binosining 523- auditoriyasida 714-21 MNT guruhida Menejment kafedrasi dotsenti v.b.
S.N. Yuldasheva Korxona iqtisodiyoti fanidan “Ishlab chiqarish xarajatlari, foyda va rentabellik (10.1.Ishlab chiqarishda xarajatlar turlari va ularni kamaytirishning asosiy yo’llari. Xarajatlarni boshqarishning jahon tajribasi)” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Ochiq dars pedagogik interfaol metodlarni qo’llagan holda ishlab chiqarish korxonalari misolida ma’lumotlar asosida o’tkazildi. Bu esa talabalarni mavzuni chuqurroq o’zlashtirishlariga asos bo’ldi. Dars institut jamoatchilik kengashi a’zosi EMvaT kafedrasi dotsenti D.A. Raxmatov, o’quv uslubiy boshqarma uslubchisi O.Jamolova, TJBT dekani dotsent Sh.N.Xayitov, Menejment kafedrasi mudiri N.M.Zayavitdinova va kafedra boshga professor o’qituvchilari tomonidan tahlil qilindi.