Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy izlanuvchilari Yevropa ERASMUS dasturining ECAMPUZ loyihasi doirasida xalqaro reytingda kuchli 100-lik universitetlari tarkibiga kiruvchi Daniya davlatining Kopengagen universitetida uch oylik ilmiy tadqiqot ishlarini boshlab yuborishdi.

 Ushbu dastur doirasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti izlanuvchilari dotsent Qahramon Raxmonov va dotsent Ulugʻbek Ibragimov uch oylik ilmiy stajirovkada tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

 Ushbu stajirovka davomida yogʻlarni tahlil etish va tajirba qurilmalarida eskperimental tadqiqotlarni oʻtkazish hamda olingan tadqiqot natijalarini turli matematik usullar yordamida qayta ishlash boʻyicha yangi bilim va tajribalarga ega boʻlish maqsad qilingan.