WikiStipendiya paramarafonida qatnashing va 45 million so‘mlik sovrinni qo‘lga kiriting!

WikiStipendiya loyihasi doirasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan paramarafon — imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun 1-iyundan 1-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar individual tarzda qatnashadilar.

Sovrin jamg‘armasi 45 million so‘mni tashkil qiladi:
  1-o‘rin — 20 million so‘m;
  2-o‘rin — 15 million so‘m;
  3-o‘rin — 10 million so‘m.

  Ishtirok etish uchun Vikipediyada o‘z sahifangizni yarating va maqola yozishni boshlang! 

Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — ishtirok etish uchun ayni muddao.

Sizning ishtirokingiz Vikipediyada yangi marralarni zabt etishga yordam beradi

Har qanday cheklov faqatgina yangi yutuqlar sari yo‘l ochishi mumkin! Ishtirok etishdan oldin nizom bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun “WikiStipendiya marafoni” aloqa boti yoki 330007133 raqamiga murojaat qiling.