Sifatli ta'lim — Yangi O'zbekiston taraqqiyotining poydevori

 

Hozirda oliy ta'lim muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun ular tom ma'noda mustaqil bo‘lishi, barcha turdagi bo‘ysunishlarni bekor qilinishi talab yetilmoqda. Oliy ta'lim muassasalarida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga mos mutaxassislar yetkazib berish, xalqaro tajriba, xalqaro standartlarni joriy etish bosh maqsadga aylanmoqda. Xuddi shunday Buxoro muhandislik texnologiyalari institutida ham 2023-2024 o‘quv yilida ta'lim tizimini isloh etishda keng jamoatchilik mulohazalarini o‘rganib, takliflar ishlab chiqish va yaxshi natijalarga erishish maqsad qilib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” Farmoniga ko‘ra, Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, modernizatsiya qilish, ilg‘or ta'lim texnologiyalarini joriy etishga doir yangi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi qarori asosida yangi 2023/2024 oʻquv yilida qabul kvotasi shakllantirilgan bakalavriat taʻlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalari tayanch va turdosh OTMlar tomonidan kelishilgan holda qayta ishlab chiqilgan. Jumladan, bu borada institutdagi mavjud 27 ta mutaxassislik kafedralari qator davlat OTMlari bilan hamkorlikda 56 ta bakalavriat taʻlim yoʻnalishlari kunduzgi taʻlim shakli, 35 ta sirtqi taʻlim shakli va 22 ta magistratura mutaxassisliklari uchun “Malaka talablari” va  oʻquv rejalari ishlab chiqilib, 2023-yil 31-avgust kuni boʻlib oʻtgan institut Kengashida tasdiqlandi. Joriy yil qabuli boʻyicha 1-kurs 45 ta bakalavriat taʻlim yoʻnalishlari va 23 ta magistratura mutaxassisliklari uchun oʻquv rejalari “Malaka talablari” asosida qayta koʻrib chiqildi va yangi 2023/2024 oʻquv yili uchun tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston-2030» Strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 11-sentabr, PQ-300-son, “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 21-dekabr, PF-269-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 8-oktyabr, PF-5847-son, “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 11-iyul, PQ-4391-sonli qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 31-dekabr, 824-sonli qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 26.08.2023 yil kuni tasdiqlangan “Yo‘l xarita”sining 1-bandi va boshqa ta’limga oid hujjatlarda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan o‘quv jarayonini samarali tashkil etish choralarini ko‘rish maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorining 2023-yil 11-oktabrdagi 312-U-sonli buyrug’iga muvofiq kredit-modul tizimini raqamlashtirish va o‘quv jarayoni shaffofligini ta’minlash, talabalar kontingenti bilan shug‘ullanish, dekanatlarning tegishli funksiyalari, kadrlar bo‘limi, qabul bo‘limi va hisobxona kabi bo‘linmalar faoliyatini markazlashgan holatda tashkil etish maqsadida O‘quv-uslubuy boshqarma tarkibida “Akademik faoliyat va ta’lim normativ ta’minoti”, “Malaka oshirish va talabalar amaliyotini tashkil etish”, “Ta’limning kredit tizimini boshqarish” hamda “Ofis registrator va talabalar bilan ishlash” mexanizmlari tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. 

Oliy ta’lim tizimiga “Elektron kutubxona” platformasini joriy etish va doimiy faoliyatini ta’minlash to‘g‘risida”gi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-iyul 225-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi. Ushbu buyruqqa asosan institutning 2022-yil 19-iyul 248-I sonli buyrug’i ishlab chiqildi. Ushbu buyruqqa asosan 2022-yilning 1-avgustidan boshlab ARM fondidagi barcha darslik va o’quv qo’llanmalar asosida ARMning elektron resurslar bazasi shakllantirilib, “Elektron kutubxona” platformasiga joylashtirib borildi. Oliy ta’lim muassasalarining yagona elektron kutubxona axborot tizimi “unilibrary.uz” platformasidan institut o’qituvchi va professorlar, talabalarning foydalanishlarini tashkil etish maqsadida har bir o’quv zallari peshtoqida tablolar tashkil etildi. Shuningdek platformaga kiritilgan elektron nashrlarning kompyuter xotirasida UDK va BBK bo’yicha joylashtirilib, to‘liq matnli elektron nashrlarning bazasi to‘ldirib borilmoqda. Skaner qilingan va PDF shaklga o‘tkazilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning ro‘yxatlari tuzilib, statistik hisobotlari har oyning 25-sanasida vazirlikka taqdim etilib borildi. Umumiy fond tarkibi 2023-yil yakuni bo‘yicha umumiy fond: 21899 nomda, 217433 nusxada shundan o’quv adabiyotlar fondi - 6623 nomda, 163533 nusxada, ilmiy adabiyotlar fondi - 2705nomda, 8723 nusxada, badiiy adabiyotlar - 11297 nomda, 13690 sonda xorijiy adabiyotlar -182 nomda, 2173 nusxada boshqa adabiyotlar -1092 nomda, 29314 nusxada shundan elektron-10030 nomda.

Shuningdek institutda xalqaro tajribalardan kelib chiqib, ilg‘or standartlarni joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta'limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, oliy ta'lim muassasasida texnopark, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasa darajasiga olib chiqish maqsadida professor o‘qituvchilar va yoshlar tomonidan yangi innovatsion va startap g‘oyalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari 2023-2024 o‘quv yilida talaba-yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, ta'lim muassasasining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash va moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. 

Muqaddas zamin Buxoro azaldan is'tedodlar yurtidir. Bugun o‘nlab, yuzlab iqtidorli yoshlarimiz xalqaro maydonlardagi fan musobaqalarida qatnashib, O‘zbekiston sha'nini munosib himoya qilmoqdalar. Shubhasiz, ularning bu yutuqlari ortida fidokor o‘qituvchilarning ham mehnati yotibdi. Buxoro muhandislik texnologiyalari institutida yangi o‘quv yilida iqtidorli yoshlarni topish va qobiliyatlarini rivojlantirish, uchun sharoit yaratib, samarali ta'lim tizimini yaratish, o‘qituvchilarni qobiliyat va iste'dodni rivojlantirishga tayyorlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish, o‘qitishdagi yutuqlari uchun eng yaxshi o‘qituvchilarga sovrinlarni topshirish va ular uchun tanlovlar tashkil qilish, aniqlash, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Ushbu jarayonlar natijasida iqtidorli yoshlarni xalqaro fan olimpiadalariga olib chiqish va munosib o‘rin olishi ta'minlanadi.

 

Sadoqat Siddiqova 

 

Buxoro Muhandislik texnologiyali instituti rektori,

Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputati