“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ vakillaridan iborat guruh institutning “Neft-gaz texnologiyasi” fakultetida o‘quv va ilmiy laboratoriyani ochish, dual ta’limni tashkil qilish va spin-off korxonasini ochish masalalarida muzokara o‘tkazish uchun tashrif buyurishdi.

 Mehmonlar hamda institut rektori Sadoqat Siddiqova bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida dual ta’limni tashkil qilish, o‘quv va ilmiy laboratoriya xonasini ta’mirlab laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlari bilan to‘ldirish, spin-off korxonani ochish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, neft va gazni qayta ishlash, energetika, mexanika va IT sohalari kadrlarga bo‘lgan talab, zavodda kafedra filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.