Buxoro muhandislik-texnologiya instutiti Iqtisodiyot kafedrasida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutining 08.00.12 “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo’yicha tahsil olayotgan tayanch doktorantlar (PhD) ilmiy faoliyatining monitoringi o’tkazildi.

 Bugungi kunda 08.00.12 “Mintaqaviy iqtisodiyot”  ixtisosligi bo’yicha 11 nafar tayanch doktorant va 1 nafar stajyor tadqiqotchi tahsil olayotgan bo’lib, taqdimotlar jarayonida ulardagi erishgan yutuqlari bilan tadqiqot natijalarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari, ishlanmalarining joriy etilish holati, nashrlari soni, dissertatsiyalarining tayyorgarlik holati muhokama qilinib, ekspertlar tomonidan izlanuvchilar uchun tegishli taklif va tavsiyalar berildi.