Buxoro muhandislik-texnologiya institutining navbatdagi kengash yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi. 

Unda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturining ijrosini ta’minlash borasida institutda amalga oshirilgan ishlar haqida prorektorlarning hisoboti tinglandi.

 

  Ta’kidlandiki, o‘tgan davr mobaynida istiqbolli yo‘nalishlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida bakalavr ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun qo‘shimcha ta'lim  yo‘nalishlari ochish bo‘yicha taklif va mulohazalar inobatga olinib,  tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish va tasdiqlash chora-tadbirlar belgilandi.

   Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yutuqlar, amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham mavjudligiga e’tibor qaratildi.

 

Rektor Sadoqat Siddiqova:

-Yutuqlar o‘zimizniki, ammo kamchiliklarni ham bartaraf etishimiz lozim. 2024-yilda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirishimiz lozim. Institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida investitsiya jalb qilish kerak. Bu borada o‘qituvchilarimizni ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlarni izchil amalga oshirish lozim. Ilmiy salohiyat yuqori bo‘lsa, investitsiya jalb qilinishi shuncha ortadi.

 Ilm-fan taraqqiy etgan joyda rivojlanish bo‘ladi. Ilmiy-amaliy tadqiqot markazlarini ochish bo‘yicha  sustkashliklar kuzatilyapti. 

Ushbu omil o‘qituvchilarimizni ilmiy tajribalarni olib borishlari uchun to‘siq hisoblanadi deb oylayman. 

Bundan tashqari ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, dars jarayonlarni  multimediyalar, internetga ulangan televizorlar, smart doska, proyektorlar vositasida  o‘tish lozim. 

Bunday vositalar bilan dars mashg‘ulotlar o‘tkazish ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi.