Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Qozogʻiston Respublikasi A.Saginov nomidagi Qaraganda davlat texnika universitetidan Altynaray Takibayeva boshchiligidagi  professor-oʻqituvchilar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni institut rektori Sadoqat Siddiqova qabul qildi.


 Tashrif davomida ikkita oliy taʼlim muassasasida hamkorligida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda kelajakda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan imkoniyatlar muhokama qilindi.

Jumladan, talabalar almashinuvi, magistratura bosqichida "1+1" dasturini amalga oshirish va xalqaro grantlarni birgalikda tayyorlash kabi bir qancha rejalar toʻgʻrisida kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida anglashuv Memorandumi imzolandi.