Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Latviyaning O‘zbekistondagi muxtor elchisi Reynis Troksha tashrif buyurdi. 

Martabali mehmonni institut  ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Norbek Yuldoshev qarshi oldi. Mehmonlar oliygoh imkoniyatlari, istiqbolli rejalari hamda ko‘rgazmalari bilan tanishib chiqdi.

 Mehmonlar bo‘lib o‘tgan muhokama davomida oziq-ovqat texnologiyalari yo‘nalishida “2+2” dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.