Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna tashrif buyurdi.
Bosh sahifa Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna tashrif buyurdi.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna tashrif buyurdi.
Martabali mehmonni institut rektori Sadoqat Siddiqova qabul qildi.
Tashrif davomida madaniy obyektlarni restavratsiya qilish sohasida Italiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni joriy etish, professor - o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, o’zaro hamkorlikda ilmiy metodik konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar o‘tkazish hamda professor – o‘qituvchilarning malakasini oshirish va stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Buxoro muhandislik-texnologiya institutining Arxitektura-qurilish fakultetida 3 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodi va dotsent hamda 12 nafar doktorantlar zamonaviy va qadimiy bino-inshootlarni loyihalash va qurish sanʼati – me’morchilik bo’yicha o‘zlarining ilmiy izlanishlarini olib bormoqda.