Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Artel kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.

 Institut mas’ullari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda korxonada institutning dual taʼlim bo'yicha filialini hamkorlikda tashkil etish borasida fikr almashildi.

 Shuningdek, korxona uchun maqsadli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, talabalar amaliyotini tashkil etish, ishlab chiqarish korxonasining kadrlarga bo'lgan ehtiyojini amaliyot o‘tagan talabalardan tanlov asosida ishga qabul qilish masalalari muhokama etildi.