Buxoro muhandislik-texnologiya institutidagi xodimlarning farzandlari uchun “Yangi yil” bayrami tashkil etildi.

Tadbirda bolajonlar tomonidan  she’r va qo‘shiqlar kuylanib, milliy raqslar namoyish etildi.
  Qalbi mehrga tashna bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniy jihatdan namunali hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda qorbobo tomonidan sovg’alar berildi.

   Shuningdek, ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari tadbir qatnashchilariga birday manzur bo‘ldi. Albatta, ushbu tadbirlarning tub zamirida eʼtiborga muhtoj yosh qalblarga g’amxo’rlik qilish kabi ezgu fazilatlar mujassamligi, eʼtirofga loyiq.