Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Turkmaniston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2021-2022 o‘quv yilida institutni  Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha -8 nafar, Yer usti transport tizimlari yo‘nalishi da 2 nafar, Bino va Inshootlar qurilishi va Menejment yo‘nalishlari bo‘yicha 1 nafardan qo‘shni davlat fuqarolari bitirishdi. Marosimda institut rektori so‘zga chiqib, Turkmanistonlik o‘g‘il-qizlarni qizg‘in tabriklab, ularga yangi hayotga yo‘llanma berdi hamda halqaro aloqalarimizni bundan ham kuchaytirish tilaklarini bildirdi.