Buxoro muhandislik-texnologiya institutida talabalar uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.

 Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirali Hamroyev Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib, talabalarning ilmiy va ijtimoiy faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi, innovatsion loyihalar va tadqiqotlar haqida suhbatlashdi.

 Mirali Hamroyev, shuningdek, institutning talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan ham uchrashib, ularning turmush sharoitlarini o‘rgandi. Yotoqxona sharoitlarini yaxshilash, talabalar uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazdi.

 Suhbat davomida yoshlarning takliflari atroflicha o‘rganildi, shuningdek, ularning jismoniy va ma’naviy salomatligini ta’minlash borasida samarali chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan fikrlar bildirildi.