Buxoro muhandislik-texnologiya institutida tahsil olayotgan talabalar bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi rolini mustahkamlashga doir yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish ta’kidlandi.

 Shuningdek, jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalariga amal qilish, ayniqsa, tungi vaqtlarda bemaqsad yurish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirildi.