Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi
Bosh sahifa Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvda 200 nafar guruh sardorlari ishtirok etdi. Talabalar tomonidan 10 dan ziyod ta’lim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi muammo va takliflar bildirildi.
Uchrashuvda institut rektori Sadoqat Siddiqova yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashini ta’kidlab o’tdi. Tadbir so’ngida yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.