Buxoro muhandislik-texnologiya institutida rektor maslahatchisi Bobur Artikov, Yoshlar masalalari, ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Doniyor G‘afurov tomonidan 22-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga qaratilgan yig’ilish tashkil etildi.

  Unda ta'limga e'tiborni oshirishimiz, yosh avlodni sifatli ta'lim bilan ta'minlay olishimiz buyuk tarix va dunyo tan olgan olimlarga ega bo‘lgan yurtimizdan yana Beruniylar, Ibn Sinolar, Alisher Navoiylar, Ulug‘beklar yetishib chiqishiga tamal toshi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

  Shuningdek, talabalarda kitobxonlik madaniyatini tadbiq etilishi bugunning dolzarb masalasi ekanligi ta’kidlandi.