Buxoro muhandislik-texnologiya institutida  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektordagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan yig’ilish bo‘lib o‘tdi.

 Unda rektor Sadoqat Siddiqova tomonidan oliygohni yanada isloh etish bo‘yicha mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan konseptual g‘oyalar taklif etildi:

   Institut - investitsiya manbaasi. Oliygohimizga xorijiy investorlarni jalb etishga katta e’tibor berishimiz kerak. Jalb etilgan mablag’ni insitut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, texnopark va ishlab chiqarishni tashkil etish, xorijdan professor-o‘qituvchilarni olib kelishga yo’naltirish maqsadga muvofiq. Bunda albatta talabalarimiz ham ish bilan ta’minlanadi. Agar investitsion mablag‘lar jalb etilib, to‘g‘ri yo‘naltirilsa,  insititumiz dunyo reytinglaridan bemalol yuqori joy olishi mumkin hamda haqiqiy innovatsiya markazlariga aylanishi ham hech gap emas.

Shuningdek, yig’ilishda oliygohda ishlab chiqarish va sohaga oid kerakli mutaxassisliklarni joriy etish, bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari ta'lim dasturlarini bugungi texnik-texnologik rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil qilib, takliflar tayyorlash topshirig‘i berildi. O‘quv dasturidagi barcha fanlar talabaning kelajak kasbi va rejalariga to‘g‘ri keladimi? Yo‘qmi? Bu bo‘yicha monitoring ishlarini olib borish zarurligi aytildi. Bitiruvchilar hamda ish beruvchilar o‘rtasida integratsiyani joriy etish, o‘qituvchilar va talabalarning chet tilini o‘rganishi uchun zarur imkoniyatlarni yaratish lozimligi ta’kidlandi.

  Bundan tashqari yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash lozimligi ta'kidlanib: “Bizning vatanparvarligimiz yurtiga, xalqiga nafi tegadigan, sohaga oid yetuk kadrlarni tarbiyalashdagi fidoiyligimizda namoyon bo‘ladi” - deya institut rektori  mas’ullarga yuzlandi. 

Yig’ilish so‘ngida mas’ullar tomonidan kerakli takliflar bildirib o‘tildi.