Buxoro muhandislik-texnologiya institutida "Neft – gaz kimyosi va texnologiyasida muammolar, innovatsion takliflar va yechim" mavzusiga bag’ishlangan ilmiy-texnikaviy anjumanning ikkinchi kuni nihoyasiga yetdi.

  Institut tomonidan tashkil etilgan ilmiy anjuman hamkorlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, «O‘zbekneftgaz» AJ, "O’zbekiston GTL”, Enter engineering,  

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, O'zbekiston neft va gaz sanoati ilmiy-muhandislik jamiyati, LUKOIL kompaniyasi bo‘lishdi.

  Anjuman so’ngida ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etganlar Sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 Shuningdek neft va gaz texnologiyalari sohasida uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan Vladimir Kapustin, Shamshetdinxo’ja Saidaxmedov, Firdaves Jagfarov, Kenjebek Akmalayev, Kazim Nadirovlar “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Faxriy professori” unvoni berildi.