Buxoro muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  Yig‘ilishda pedagog xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya qilish, ta’lim jarayonining o‘quv  adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv  qo‘llanmalarini tayyorlash va nashr etish borasida olib borilayotgan ishlar, ta’lim sifatini oshirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mavjud muammolar va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar  berildi.

 Shuningdek, kengash davomida Oliy Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga diplom va attestatlar topshirildi.

 

Ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilar:

J.Hayitov-Jismoniy madaniyat kafedrasi professori, 
G.Yunusova-O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor 
G‘.Bozorov-Neft va gaz ishi kafedrasi professori, 
G.Rajabova-Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar kafedrasi dotsenti, 
S.Nayimov-Chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasi dotsenti,
S.Murodov-Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti,
M.Akmalov - falsafa doktori (PhD)

Ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarimizni chin qalbdan tabriklab, kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!