Buxoro muhandislik-texnologiya institutida KPI tizimini joriy etish yuzasidan seminar tashkil etildi
Bosh sahifa Buxoro muhandislik-texnologiya institutida KPI tizimini joriy etish yuzasidan seminar tashkil etildi
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida milliy va xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini jahon standartlari asosida baholash va rag‘batlantirib borish maqsadida pedagog xodimlarning mehnat samaradorligini belgilovchi tizim —KPI (Key performance indicator) boʻyicha Termiz davlat universiteti tajribasi ulashildi.
Seminarda TerDU mutaxassislari, TSNQB boshlig‘i O‘.Xoliyorov hamda RTTM direktori H.Choriyev tomonidan KPI ko‘rsatkichlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va kelgusida kutilayotgan natijalar, KPI ning ta’lim samaradorligi va sifatini oshirishdagi o‘rni xususida axborot berildi.
Seminarda institut rektori Sadoqat Siddiqova boshchiligida prorektor va dekanlar, kafedra mudirlari va boʻlim boshliqlari, viloyatdagi OTMlar vakillari ishtirok etdi.